08:37 / 11.07.2020
2 295

JSST qat’iy karantinning qaytarilishiga qarshi chiqdi

JSST qat’iy karantinning qaytarilishiga qarshi chiqdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi oldini olish uchun qat’iy karantin qaytarilishiga qarshi chiqmoqda, biroq ba’zi davlatlarda bunday zarurat yuzaga kelishi mumkinligini istisno qilmayati. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan aytib o‘tdi.

Biz qat’iy karantin qaytarilishiga qarshimiz, biroq bu yagona chora bo‘lishi mumkin bo‘ladigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, deb aytgan Rayan.

Biz va ko‘plab olimlar qat’iy karantin tugashi bilan har doim kasallikning yangi o‘choqlari xavfi bo‘lishi, virus tarqalishiga imkoniyat paydo bo‘lishini aytganmiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Rayan va JSST statistikani kuzatib borish uchun doim karantinni sekin-asta, bosqichma-bosqich bekor qilishni tavsiya qilganini qo‘shimcha qilgan.

Hozirda biz bu virusni to‘liq yo‘q qila olishimiz ehtimoli kam”, deb aytgan JSST vakili va virus hattoki orol davlatlarga ham qaytishi mumkinligini istisno qilmagan.

Bizni virus avj olishi va uning tezda tarqalishi yuz beradigan yirik klasterlar xavotirlantirmoqda. Ular yangi o‘choqlarni keltirib chiqarishi mumkin”, deb aytgan Rayan. U bu vaziyatni o‘rmon yong‘inlariga qiyoslagan. “Qat’iy karantindan keyin kasallik avj olishlarini sinchkov kuzatib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etmoq lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST vakili va virus tarqalishi oldini olishdagi muhim choralar sifatida ijtimoiy masofaga rioya qilish, niqoblar taqish va tahlillar o‘tkazishni keltirib o‘tgan.

Biz shu yo‘l bilangina kasallikning ikkinchi to‘lqini va qat’iy karantinga qaytishdan qochishimiz mumkin”, deb o‘z so‘zlarini nihoyalagan Rayan.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)