2 734
Buyuk Britaniya o'zining "tilla tuxum qo'yuvchi" xitoylik talabalaridan ajralib qolishdan xavotirda...
Pandemiya sababli eng ko‘p zarar ko‘rayotgan sohalardan biri bu, albatta ta’lim sohasidir. Barchamiz guvohi bo‘lganimizdek, deyarli barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni butunlay onlayn tizimda olib borilmoqda. Biroq onlayn ta’lim tizimi kutilganidek natija beradimi yoki yo‘q bunisi aniq emas. Ushbu yuzagan kelgan holat sababli Buyuk Britaniya yaqinlashib kelayotgan kuzgi mavsumda o‘zining "tilla tuxum qo‘yuvchi" xitoylik talabalaridan ajralib qolishdan qo‘rqmoqda. Negaki, xitoylik talabalar Britaniyada sezilarli qismni tashkil etishadi.
Agarda kelayotgan kuzgi mavsumda ular SOVID-19 yuqishi xavfi tufayli o‘z o‘quv rejalarini o‘zgartirishga qaror qilishsa, Britaniya anchagina moliyaviy yo‘qotishga duch keladi. Buning natijasida, universitetlarda ish o‘rinlari qisqartirilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa 7000 ta universitetni o‘z ichiga olgan 14 000 ta ish o‘rnini qisqartirish deganidir. Yaqinda Britaniya Konsulligining o‘tkazgan so‘rovlariga ko‘ra esa, Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan keluvchi talabalarning 12% i Britaniyaga bo‘lgan safar rejasini o‘zgartirmoqchi ekani aniqlangan, bu esa £460 million ( yevro)ga teng yo‘qotish deganidir.
May oyidan boshlab yig‘ilgan so‘rovlar natijasi esa 61 % talabalarning o‘quv rejasi o‘zgarganini ko‘rsatmoqda va bu o‘zgargan rejalar Britaniya uchun £ 2.3 milliard (yevro)ga tushishi kutilmoqda. Ko‘pgina ota-onalar farzandlarining salomatligidan xavotirda, chunki Britaniyada SOVID-19 tufayli o‘lim darajasi yuqori va yana aholi deyarli ijtimoiy masofani saqlamayapti, buning ustiga tibbiy niqoblarni taqishmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin