Foto: «Pl.sputniknews.com»
COVID-19 og‘ir shaklini boshidan o‘tkazgan bemorlarning qon plazmasida paydo bo‘luvchi antitanachalardan biri virusni o‘ldirmaydi, aksincha, kuchli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, degan xulosaga kelishdi Amsterdam universiteti professori Menno de Vinter rahbarligi ostidagi niderlandiyalik olimlar. Tadqiqot natijalari «bioRxiv» portalida chop etilgan.
Biologlarning ma’lumotiga ko‘ra, bu antitanachalar koronavirusning tikansimon oqsillariga birikib, makrofag hujayralari bilan birgalikda «juda kuchli yallig‘lanuvchi reaksiyani keltirib chiqaradi».
Tadqiqotchilarning yozishicha, «adaptiv immunitet «yoqilganda», ko‘pgina bemorlarning ahvoli birdaniga yomonlashmoqda».
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu antitanachalarni chaqiruvchi makrofaglar faoliyatidagi buzilish nafaqat yallig‘lanish jarayonini tezlashtiradi, balki tromblar hosil bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, qon tomirlar devori foliyatini izdan chiqaradi. Ushbu ikkita muammo yallig‘lanuvchi jarayonlar bilan birgalikda hozirgi kunda COVID-19 asoratlarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi