Dunyoda yuz berayotgan pandemiya sabab yana bir to‘xtab qolgan sohalardan biri bu turizmning asosini tashkil etuvchi mehmonxona biznesidir. Ulkan va hashamatli brend mehmonxonalarga ega bo‘lish har bir davlatning turizm salohiyatini belgilab beradi. Turizm sohasi 2019 yil mart-aprel oylariga qadar o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi desak, mubolag‘a bo‘lmasdi.
Biroq dunyo bo‘ylab avj olib ketgan koronavirus sababli sayyohlar soni keskin tushib ketdi, ular sayohat qilib dam olishdan ko‘ra uylarida o‘z salomatligini asrashni o‘ylamoqdalar. Pandemiya qachon tugashi noma’lum bo‘lsada, ulkan mehmonxonalar tizimi hozirdanoq COVID-19 dan keyingi faoliyatini rivojlantirib, kerakli va istiqbolli chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar.
Bunda sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan Whispr platformasi ham asqotadi. Ushbu platforma ovozli buyruqlarni qabul qilib, o‘z vazifasini bajargani bois tozalik va sanitariya ishlarida foydalaniladi. Staymyway bu mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonalariga borish, qabul stolida navbatga yozilish, mehmonxonaga kirish, spa va boshqa mehmonxona xizmatlaridan mobil qurilma orqali foydalanish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, mehmonxona biznesida mobil kalit va raqamli ro‘yxatdan o‘tish uchun yechimdir.
Portier platformasi "aloqasiz muloqotni" targ‘ib qilish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, mehmonxona xodimlari har doim yuzma-yuz muloqotlarsiz o‘z ishlarini davom ettirishlari mumkin. Yana bir qulay platforma bu Kitch bo‘lib, bunda ovqatlanish uchun buyurtmalar qabul qilinadi va yetkazib beriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi