20:20 / 21.07.2020
5 234

JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini taxmin qildi

JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini taxmin qildi
Foto: Liu Dawei / Keystone Press Agency / Global Look Press
Koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yil o‘rtalarida boshlanishi mumkin.
Bu haqda DPA nashri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbarining o‘rinbosari Sumiya Svaminatanga tayanib xabar bermoqda.

JSST rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda 20dan ortiq vaksina klinik sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, ularning ba’zilari samarali bo‘lishiga umid bor.

Svaminatanning aniqlashtirishicha, sinov natijalarini kelasi yilning boshida kutish mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, virusga qarshi antitanachalarning ma’lum vaqtdan keyin yo‘q bo‘lib ketishi paydo bo‘lgan immunitetning to‘liq yo‘qligidan dalolat bermaydi.

Uning ta’kidlashicha, vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha global poyga «JSST guvoh bo‘lgan eng tez jarayonga aylandi».
Svaminatanning so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyida virusning genetik ketma-ketligini aniqlash va birinchi sinovlarni boshlash o‘rtasida atigi uch oy vaqt o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST koronavirusga qarshi ommaviy emlash qachon boshlanishini taxmin qildi