Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris butun dunyoda COVID-19 koronavirus pandemiyasining faqat bitta to‘lqiniga duch kelgani va unda infeksiyaning tarqalishining susayishi yoki tezlashishi ikkinchi to‘lqin emasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
Xarris Jenevada o‘tgan JSST brifingida jahon hamjamiyati koronavirus pandemiyasining katta to‘lqiniga duch kelgani va uning muayyan vaqtda ko‘tarilib, tushishi mumkinligini qayd etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virus Shimoliy yarim sharda yozda tarqalmay qo‘yadi degan fikrda bo‘lmaslik zarur, COVID-19 mavsumiy tarqalish xususiyatiga ega grippdan farqli virus hisoblanadi.
2020 yil 6 iyulda Butunjahon shifokorlar kasaba uyushmasi (WMA) sobiq rahbari Leonid Eydelman yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining ikkinchi to‘lqini noyabr—dekabr oylarida kutilayotganini bildirgan. 14 iyulda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining to‘rtta ssenariysini aytib o‘tgan.
15 iyulda Bern universitetining sobiq direktori, faxriy professor va mikrobiolog Bed Shtadler butun dunyoda koronavirusga qarshi kurashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilgani, jumladan koronavirusning alomatlarsiz tashuvchilari mavjudligini afsona deb atagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirus quloqdan ham yuqishi mumkinligi aniqlandi

Hindiston vaksinani odamlarda sinashni boshladi

Germaniyalik olimlar koronavirus 8 metrlik masofadan ham yuqishi mumkinligini aniqladi

«COVID-19»ning og‘ir shakli: organizmga nima yetishmasligi aniqlandi

Koronavirusdan azoblanayotgan bemorlarning qonida xavfli antitanacha topildi

Olimlar koronavirusning olti xil turi dunyo bo‘ylab tarqalayotganini aniqladi