Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris butun dunyoda COVID-19 koronavirus pandemiyasining faqat bitta to‘lqiniga duch kelgani va unda infeksiyaning tarqalishining susayishi yoki tezlashishi ikkinchi to‘lqin emasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
Xarris Jenevada o‘tgan JSST brifingida jahon hamjamiyati koronavirus pandemiyasining katta to‘lqiniga duch kelgani va uning muayyan vaqtda ko‘tarilib, tushishi mumkinligini qayd etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virus Shimoliy yarim sharda yozda tarqalmay qo‘yadi degan fikrda bo‘lmaslik zarur, COVID-19 mavsumiy tarqalish xususiyatiga ega grippdan farqli virus hisoblanadi.
2020 yil 6 iyulda Butunjahon shifokorlar kasaba uyushmasi (WMA) sobiq rahbari Leonid Eydelman yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining ikkinchi to‘lqini noyabr—dekabr oylarida kutilayotganini bildirgan. 14 iyulda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining to‘rtta ssenariysini aytib o‘tgan.
15 iyulda Bern universitetining sobiq direktori, faxriy professor va mikrobiolog Bed Shtadler butun dunyoda koronavirusga qarshi kurashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilgani, jumladan koronavirusning alomatlarsiz tashuvchilari mavjudligini afsona deb atagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi