2 186
Britaniya qirg‘oqlarida ko‘kragiga o‘q tekkan chayka ikki oydan beri yashayotgani ma’lum bo‘ldi
Foto: The Mirror
Britaniyaning Blekpul shahri aholisi ikki oydan buyon ko‘kragida kamon o‘qi bilan yurgan dengiz chaykasini kuzatmoqda. Qush bu vaqt davomida bemalol uchib, fastfud ishqibozlarining ovqatlarini o‘g‘irlamoqda, deb xabar beradi The Mirror.
Chaykaning ko‘kragiga sanchilgan o‘qning uzunligi taxminan 45 santimetrga teng. Bu qushga mahalliy KFC tezkor ovqatlanish restorani bo‘ylab «sayr qilishiga» xalaqit bermayapti. Muassasa mijozlari chaykani muntazam kartoshka va tovuq go‘shti bilan boqib kelmoqda.
Odamlarning ta’kidlashicha, qush o‘zini boshqa turdoshlari kabi tutmoqda, ko‘rinishi sog‘lom. Ayrim britaniyaliklar bir necha bor qushni ushlab, uni veterinarlarga topshirishga uringan, biroq hozircha buni uddalay olishgani yo‘q.
Qushni kim otgani noma’lum. Mahalliy aholi bu kabi buzg‘unchilar qo‘lidan boshqa jonivorlar ham zarar ko‘rishidan xavotirda. Hukumat hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish maqsadida chayka haqida Hayvonlarni himoya qilish qirollik jamiyatiga murojaat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi