
Foto: «Alliedspineinstitute.com»
AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari hali samarali formulasi ishlab chiqarilmagan koronavirusga qarshi vaksinaning 1,3 milliard dozasiga buyurtma berib qo‘yishgan. Bu haqda «Airfinity» kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib «Bloomberg» nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, AQSH va Britaniya «Sanofi» va «GlaxoSmithKline Plc» kompaniyalari bilan kelishib qo‘ygan, Yaponiya «Pfizer» bilan allaqachon bitim imzolab bo‘lgan. Agentlikning yozishicha, YEI mamlakatlari ham bu masalaga jiddiy yondoshmoqda. Ular preparatning kerakli miqdordagi dozasini birinchilardan bo‘lib sotib olishni rejalashtirmoqda.
Analitiklar preparat dozasi 7,8 milliard kishiga yetmasligidan xavotirda ekanligini bildirishgan. Boshqa davlatlar, ya’ni unchalik boy bo‘lmagan mamlakatlar vaksina olishda «oxirgi navbatda» turishibdi. Jahon miqyosida tezkor emlashga to‘sqinlik qiladigan yana bir omil bor: bordi-yu, immunitet hosil qilish uchun bir emas, ikkita doza talab etilsa, nima bo‘ldi?
«Bloomberg»ning yozishiga qaraganda, butun dunyo bu kabi vaziyatga 2009 yilda ham duch kelgan. O‘shanda cho‘chqa grippi pandemiyasi davrida boy davlatlar vaksina yetkazib berishni monopollashtirib olishgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar