Foto: «Wallpaperplay.com»
Malayziyaning Tanjung-Manis shahrida yo‘qolgan o‘smir yigitning jasadini timsohning qornidan topishdi. Bu haqda «International Business Times» nashri xabar bergan.
26 iyul kuni 14 yoshli Riki Ganya daryo bo‘yida shilliqqurt izlab yurgan. To‘satdan unga timsoh hujum qilgan. Ganyaning oilasi odam yo‘qolganligi haqida politsiyaga xabar bergan. Hodisa yuz bergan vaqtda bolakayning xolasi shu yaqin orada bo‘lgan. U timsoh o‘ljasini suvga tortib ketganini politsiyaga so‘zlab berdi.
31 iyul, juma kuni keng qamrovli qidiruv operatsiyalaridan so‘ng qutqaruvchilar timsohni qo‘lga tushirishdi. Ular yirtqichni tovuq bilan aldab, suvdan chiqarib olishdi va o‘ldirishdi.
Politsiya va yo‘qolgan yigitning oilasi ishtirokida sudralib yuruvchi yirtqichni yorib ko‘rishdi. Timsohning qornidan odam qoldiqlari va kiyim parchalari chiqdi. Yigitning qoldiqlari sudtibekspertizaga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi