Foto: NewTimes.kz
Qozog‘iston hukumati yangi o‘quv mavsumida maktablarda masofaviy ta’lim sifatini yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topdi.
Qozog‘iston hukumati mamlakatdagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga masofaviy ta’limni o‘zlashtirishlari uchun davlat hisobidan 500 ming dona kompyuter tarqatadi. Bu haqda 4 avgust kuni Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Bosh vazir ta’lim va fan vazirligiga viloyat hokimiyatlari bilan birgalikda 25 avgustgacha maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining masofaviy o‘qishga to‘liq tayyor bo‘lishini ta’minlashni topshirgan.
Askar Maminning ta’kidlashicha, chop etilgan darsliklar to‘liq elektron shaklda barcha foydalanishi uchun internetga joylashtirilishi lozim.
Qozog‘istondagi maktablar pandemiya sabab yangi o‘quv yilini masofadan o‘qitish tarzida boshlaydi. Yangi o‘quv yilida mamlakatdagi 7931ta maktabda 3,3 million o‘quvchi tahsil olishi rejalashtirilgan. O‘quvchilarning 396 ming nafari birinchi sinfga qabul qilinganlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha Qozog‘istonda 94 mingga yaqin odamda koronavirus aniqlangan. Ulardan 65 mingdan ortig‘i tuzalgan bo‘lsa, mingdan ortiq qozog‘istonliklar koronavirus qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi