Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 2019 yil davomida 147,99 mln rubl daromadga ega bo‘lgan. Bu haqda uning hamda Checheniston hukumati saytida joylashtirilgan ma’lumotda ko‘rsatilgan, deb xabar bermoqda RBK.
Qodirov undan avvalgi yilda 7,58 mln rublga ishlagan, shunday qilib uning daromadi miqdori bir yil ichida 19,5 baravarga yoki 140 mln rubldan ortiqroqqa o‘sgan. Checheniston rahbarining turmush o‘rtog‘i 2018 yilda 60 ming rubl topgan bo‘lsa, 2019 yilda 2,45 mln rubl daromadga erishgan.
Ma’lum qilinishicha, Qodirovda ham, uning rafiqasida ham avtomobil yoki boshqa transport vositalari yo‘q. Shu bilan birga Ramzon Qodirov o‘tgan yili maydoni 28,3 ming kvadrat metrdan ortiqroq bo‘lgan yangi yer uchastkasiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, uning maydoni 3668 kvadrat metrni tashkil etuvchi uchastkasi va 2344 kvadrat metrga teng uyi, turmush o‘rtog‘ining esa maydoni 209,8 kvadrat metr bo‘lgan xonadoni bor. Shuningdek, oilaning maydoni 300 kvadrat metrga teng yashash uyi ham bor. Barcha ko‘chmas mulklar Rossiya hududida.
2018 yilda Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘illaridan biri 210,8 ming rubl ishlagan, bu yil esa voyaga yetmagan bolalarning daromadlari hisobga olinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi