2 425
Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: «RIA Novosti»
Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Areg Totolyan kuzda koronavirusni davolash bahorga qaraganda qiyinroq kechishi ehtimoli mavjudligidan xavotirda.
«Bunga ruhan tayyor bo‘lishimiz lozim», — degan u «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda keskin izolyatsiya rejimiga rioya qilganlarda infeksiya qanday o‘tishini taxmin qilish qiyin. Ehtimol, ular kasallik bilan avval og‘riganlarga qaraganda og‘irroq o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, kuzda SARS-CoV-2’ning gripp, paragripp va avval ma’lum bo‘lgan nisbatan zararsiz bo‘lgan koronaviruslar bilan uyg‘unligi qanday natija berishi noma’lum.
«Mavsumiy infeksiyalarni COVID-19 bilan qanday uyg‘unlashadi — og‘irlashadimi yoki aksincha, oddiy koronavirusga antitana qo‘shimcha himoya beradimi, hozircha bunga ilmiy asoslangan javob berishga tayyor emasmiz», — degan Totolyan.
Shu bilan birga, olim butun mamlakat bo‘ylab qattiq izolyatsiya rejimini joriy etish zarurligini istisno qiladi. Uning fikricha, kasallik muayyan aholi punktlarida tarqalganda, mahalliy cheklov choralari bilan cheklanish kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi