15:56 / 10.08.2020
2 425

Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi

Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi
Foto: «RIA Novosti»
Sankt-Peterburgdagi Paster nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Areg Totolyan kuzda koronavirusni davolash bahorga qaraganda qiyinroq kechishi ehtimoli mavjudligidan xavotirda.

«Bunga ruhan tayyor bo‘lishimiz lozim», — degan u «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda keskin izolyatsiya rejimiga rioya qilganlarda infeksiya qanday o‘tishini taxmin qilish qiyin. Ehtimol, ular kasallik bilan avval og‘riganlarga qaraganda og‘irroq o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, kuzda SARS-CoV-2’ning gripp, paragripp va avval ma’lum bo‘lgan nisbatan zararsiz bo‘lgan koronaviruslar bilan uyg‘unligi qanday natija berishi noma’lum.

«Mavsumiy infeksiyalarni COVID-19 bilan qanday uyg‘unlashadi — og‘irlashadimi yoki aksincha, oddiy koronavirusga antitana qo‘shimcha himoya beradimi, hozircha bunga ilmiy asoslangan javob berishga tayyor emasmiz», — degan Totolyan.

Shu bilan birga, olim butun mamlakat bo‘ylab qattiq izolyatsiya rejimini joriy etish zarurligini istisno qiladi. Uning fikricha, kasallik muayyan aholi punktlarida tarqalganda, mahalliy cheklov choralari bilan cheklanish kifoya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik ekspert kuzda koronavirusni davolash og‘irroq kechishi mumkinligidan ogohlantirdi