14:20 / 14.08.2020
2 909

BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni ma’lum qildi

BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni ma’lum qildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh pandemiya davrida dunyo duch kelgan uchta asosiy xavfni ma’lum qildi.
«Ufqqa qarab, uchta asosiy xavfni ko‘rmoqdaman», deydi Guterresh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, odamlar hukumatlarga va jamoat institutlariga ishonchni yo‘qotmoqda. Ikkinchidan, global iqtisodiy tartib buzilmoqda, shu jumladan, inqiroz tufayli tengsizlik holati tobora kuchaymoqda. Uchinchidan, koronavirus repressiyani oqlash uchun ishlatilmoqda.

Bosh kotibning alohida qayd etishicha, inqirozni bartaraf etish uchun kompleks yondashuv zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Bosh kotibi pandemiya davrida dunyo duch kelgan 3 asosiy xavfni ma’lum qildi