2 309
Minskda Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zolari qo‘lga olindi
Foto: EPA/Vostock-photo
17 avgust kuni prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning ishonchli vakili Olga Kovalkova Belarusda hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganini e’lon qilgan edi.
Minskda muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zolari Sergey Dilevskiy va Olga Kovalkova huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Muxolifat kengashi vakillarining OMON xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi tasvirlangan lavhani "Belsat" telekanali namoyish etdi.
Minsk IIBB matbuot kotibi Natalya Ganusevichning ma’lum qilishicha, Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zolari ma’muriy ish doirasida qo‘lga olingan.
"Ular ma’muriy jarayon doirasida qo‘lga olindi", - dedi Ganusevich, ammo ularning aynan qanday ish bo‘yicha ushlanganiga aniqlik kiritmadi.
17 avgust kuni prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning ishonchli vakili Olga Kovalkova Belarusda hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganini e’lon qilgan edi.
30 nafar a’zodan iborat kengash tarkibiga Tixanovskayaning ishonchli vakillari – Kovalkovaning o‘zi va Nikolay Kozlov, Viktor Babariko shtabi koordinatori Mariya Kolesnikova, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Svetlana Aleksiyevich, «Vesna» huquqni himoya qilish markazi raisi, huquqshunos Ales Belyatskiy, xalqaro mediator Liliya Vlasova, erkinlik uchun harakat rahbari va siyosatchi Yuriy Gubarevich, «Velikiy Kamen» parki ma’muriyati raisi Ales Duko, huquqshunos Maksim Znak, kinossenariyachi Andrey Kureychik, pedagog Yevgeniy Livyant, «A-100» kompaniyalari guruhi raisi Aleksandr Senter, rassom Vladimir Sesler, BELBIZ kompaniyasi asoschisi Tatyana Marinich, iqtisodchi Sergey Chaliy va boshqalar kiritildi.
20 avgust kuni Belarus tergov qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtiruvchi kengash ustidan jinoyat ishi ochildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi