Foto: Reuters
Indoneziya olimlari mamlakatda koronavirusning ilmiy doirada D614G deb nom olgan mutatsiyaga uchragan shtammini aniqladi. Bu haqda 31 avgust kuni The Star gazetasi xabar berdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turi o‘zgargan ushbu virus bilan mamlakatda infeksiyaga chalinganlarning 40 foizi kasallangan», — deb ta’kidlagan Jakartada joylashgan Eykman nomidagi Molekular biologiya instituti rahbari Amin Soyebandrio. Shu bilan birga, aniqroq xulosaga kelish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar olib borilayotganini bildirgan.
Olim D614G mutatsiyasida virus yuqishini eslatib o‘tgan, lekin bu infeksiyaning og‘irroq o‘tishini isbotlovchi ilmiy dalillar yo‘qligini ham qayd etgan.
JSST vakillar mutatsiya fevral oyidayoq, xususan, Yevropa, Meksika, Braziliyada, shuningdek, Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan virusning dastlabki namunalaridayoq aniqlagani haqida avvalroq xabar bergandi. Bundan tashqari ikki hafta avval Filippinda ham o‘zgargan shtamm borligi tasdiqlangan.
Ayni paytda Indoneziyada 172 ming kishida koronavirus qayd etilgan, ularning 7,3 ming nafardan ortig‘i kasallikdan vafot etgan. So‘nggi bir necha kunda mamlakatda infeksiyaga chalinganlar bo‘yicha kunlik rekord yangilanmoqda.
Avvalroq AQSH bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirgandi. Hindistonlik shifokorlar ham yangi turdagi koronavirusning 10 ta mutatsiyasini aniqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi