
Foto: Keystone Press Agency
Ozarboyjon Rossiyada o‘tadigan “Kavkaz-2020” harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Bir necha kun avval “Kavkaz-2020” doirasida SHHT, MDH va KHSHTning birinchi birgalikdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgan. Strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Rossiya janubida sentabrda bo‘lib o‘tadi.
“Ozarboyjonlik harbiylar “Kavkaz-2020”da ishtirok etmaydi. Ushbu mashg‘ulotlarga kuzatuvchilar sifatida ikki harbiyni jo‘natish rejalashtirilgan”, deb ma’lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida. Ozarboyjonning mashg‘ulotlardan bosh tortishi sababi ma’lum qilinmagan.
Bir hafta avval mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan Hindiston bosh tortgandi. Mamlakat mudofaa vazirligi o‘z qarorini koronavirus pandemiyasi bilan tushuntirgan. Biroq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning mashg‘ulotlardan bosh tortishi ularda Xitoy va Pokiston ishtirok etishi bilan bog‘langan. Oxirgi vaqtda Hindistonning ushbu davlatlar bilan munosabatlari yomonlashgan.
OzarboyjonRossiyaKavkaz-2020Harbiy Mashg‘ulotlarMudofaa VazirligiHindiston Bosh Tortdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar