
XXR oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari davlat qo‘mitasi Xitoyda koronavirusga qarshi yaratilgan burun bo‘shlig‘iga sepiluvchi sprey ko‘rinishidagi vaksina klinik sinovlariga ruxsat berdi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, vaksina Gonkong universiteti laboratoriyasida Syamen universiteti hamda «Beijing Wantai Biological Pharmacy» farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratilgan.
Ta’kidlanishicha, bu Xitoyda odamlarda sinash uchun ruxsat berilgan koronavirusga qarshi ilk sprey ko‘rinishidagi vaksinadir.
XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin o‘tgan hafta bayonot berishicha, Xitoyda koronavirusga qarshi to‘qqiz xil vaksina yaratilgan bo‘lib, barchasi klinik sinovlardan o‘tmoqda va yaqin orada ular dunyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar