Kanada va AQSH chegarasida AQSH prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub jo‘natishda gumon qilingan shaxs ushlandi. Avvalroq maktub Kanadadan jo‘natilgani va bunda bir ayol gumon qilinayotgani ma’lum qilingandi.
Ayol Kanadadan AQSHga kirish vaqtida qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, u qurollangan bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
19 sentabrda CNN telekanali ikkita manbaga tayanib Trampga zaharli modda solingan maktub jo‘natilgani haqida ma’lum qilgandi. Maktub ichida o‘ta xavfli ritsin moddasi bo‘lgan. Keyinroq FQB zaharli jo‘natma ushlab qolinganini tasdiqlagan.
Bu AQSH siyosatchilariga ritsin moddasi solingan jo‘natmaning birinchi marta yuborilishi emas. 2013 yilda Bostondagi teraktdan keyin AQSHning o‘shandagi prezidenti Barak Obamaga, respublikachi senator Rojer Uiker va Missisipi shtati sudyasi Seydi Xollandga ritsin solingan maktublar jo‘natilgan.
Ritsin o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli zaharli modda hisoblanib, u kanakunjut mevalaridan olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”