Foto: «Moskva» AA
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik preparatlarni ishlab chiqish va tadqiq etish federal ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda markaz ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu vaksinada yuqumli kasalliklar keltirib chiqara olmaydigan susaytirilgan yoki yo‘q qilingan, ya’ni inaktivatsiyalangan viruslardan foydalaniladi.
Yangi vaksina sinovlari tez orada boshlanadi va Kirov, Sankt-Peterburg, Novosibirskda o‘tkaziladi. Ularda uch mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi. Chumakov markazida ta’kidlanishicha, u «Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining talablariga muvofiq amalga oshiriladi va tadqiqotlarning ishonchi ilmiy ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi».
Emlashdan so‘ng ko‘ngillilar kasalxonada 16 kun davomida izolyatsiya qilinadi, ularning ahvoli shifokorlar tomonidan nazorat qilinadi. Markaz bosh direktori Aydar Ishmuhametovning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotni noyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.
Ayni paytda Rossiyada koronavirusga qarshi faqat bitta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan — Gamaleya nomidagi markazning «Sputnik V» vaksinasi. U avgust oyida klinik sinovlar tugashidan oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy-tadqiqot markazining ikkinchi mahalliy «Vektor» vaksinasi ham sinov bosqichida.
«Vektor»dan tashqari Rossiyada ikkita chet el vaksinasi: Xitoyning Sinofarmi va Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan vaksina ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. AQSHda 9 sentabr kuni AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi vaksinaning uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ygan, bunga bemorlardan birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab bo‘lgandi. Oradan bir necha kun o‘tib sinovlar yana davom ettirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari