London Universitet kolleji (UCL) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni aniq ko‘rsatdiki, hid sezish yo‘qolishi koronavirus infeksiyasining nihoyatda aniq va balki asosiy alomatidir.
Aprel oyida shifokorlar ta’m yoki hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi infeksiyalanishdan darak berishi mumkinligini anglab yetishgandi, may oyi o‘rtalariga kelib esa bu koronavirus alomati ekani rasmiy tan olindi.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, bunday alomat kuzatilgan odamlar darhol o‘zini yakkalash tartibiga o‘tishi va koronavirusga tahlil topshirishi kerak. Biroq hanuz yo‘tal va yuqori isitma asosiy belgi sifatida hisoblab kelingan.
Yil boshida hid sezish qobiliyatini yo‘qotgan 590 kishini tekshirgan UCL mutaxassislarining fikriga ko‘ra, endilikda aynan hid sezish qobiliyati yo‘qolishini kasallik yengil shaklda o‘tsa ham, virus yuqtirishning asosiy alomati deb hisoblash zarur. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi