Foto: «1news.az»
Koronavirus bilan kasallangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AQSH prezidenti Donald Trampning ahvolini izohlab, amerikalik yetakchi «tezroq oyoqqa turishi uchun» nima qilishi kerakligini aytdi.
Britaniya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, hammasi joyida bo‘ladi. Chunki Trampga eng yaxshi parvarish va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
«Prezident Tramp yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Unga eng yaxshi parvarish ko‘rsatilmoqda... Eng muhimi — shifokorlarning maslahatlariga amal qilish. U esa ajoyib tibbiy xizmatga ega», — deya ta’kidladi Jonson.
Buyuk Britaniya bosh vazirida mart oyining oxirlarida COVID-19 aniqlangan. U gospitalda yetti kun qolgan, shundan uch kunini reanimatsiyada o‘tkazgan. Hozir, Jonsonning aytishicha, kasallik asoratlaridan qiynalmayapti va infeksiyadan butunlay tuzalgan.
2 oktabrda Oq uy rahbari yangi tipdagi infeksiyaga topshirgan oxirgi testi musbat chiqqanligini ma’lum qildi. Uning rafiqasi Melanya ham kasallikka chalindi. Amerika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular karantinga ketishgan. Davlat rahbari ishtirokidagi barcha saylovoldi tadbirlari keyinga qoldirilishi yoki onlayn-formatda o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi