Foto: «Apollospectra.com»
Shvetsiya va germaniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining og‘ir ko‘rinishiga javobgar irsiy omil zamonaviy odamga neandertallardan o‘tganligini aniqlashdi. Bu haqdagi ma’lumotlar «Nature» jurnalida chop etildi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, DNKning bu bo‘lagi dastlab viruslardan himoya qilgan. COVID-19 holatida esa, aftidan, genomning bunday bo‘lagiga egalik qiluvchi odam immun tizimi infeksiyaga qarshi haddan tashqari kuchli kurashadi. Bu esa organizm zaiflashishiga olib keladi. Natijada kasallikning og‘ir kechish xavfi uch baravar ortadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, neandertal xromosomalariga o‘xshash DNK bo‘lagi, ayniqsa, Bangladeshda ko‘p uchraydi: aholining 63 foizi unga egalik qilishadi. Bundan tashqari, Janubiy Osiyo aholisining uchdan bir qismida ham genomning shunga o‘xshash bo‘lagi mavjud. Yevropa va Sharqiy Osiyoda uning tarqalishi o‘n foizdan ham oshmaydi. Afrika aholisida esa bunday genlar deyarli uchramaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi