Foto: «Newstes.ru»
AQSH harbiy-dengiz kollejida milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha professor, podpolkovnik Uilyam Adlerning so‘zlariga ko‘ra, mabodo Uchinchi jahon urushi boshlanadigan bo‘lsa, harbiy harakatlar faqat havoda va quruqlikda davom etmaydi, koinot va kibermakon ham jalb etiladi. U bu haqda «The National Interest» jurnalida chop etilgan o‘zining maqolasida yozib qoldirgan.
Podpolkovnikning aytishicha, bordi-yu, urush kelib chiqadigan bo‘lsa, Xitoy, Rossiya yoki Shimoliy Koreya AQSHning ichki hududlariga «hujum qiladi».
«Bunday hujumlar kiberelektrmagnit spektrdan foydalanishni o‘z ichiga qamrab oladi», — deya ta’kidlaydi Adler.
Professorning qayd etishicha, harbiy harakatlar kommunikatsiya, moliya va transport tarmoqlari faoliyatini ishdan chiqaradi.
Adlerning so‘zlariga ko‘ra, yangi mojaro kelib chiqadigan bo‘lsa, yo‘qotishlar soni Ikkinchi jahon urushidagidan kam bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi