Foto: Reuters
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Anqara Ozarboyjon iltimosi bilan Tog‘li Qorabog‘ga o‘z harbiylarini jo‘natishini istisno qilmasligini aytdi.
“Birinchi kundanoq prezidentimiz o‘z pozitsiyasini bildirdi. Turkiya bunda ikkilanib o‘tirmaydi, prezidentimiz esa umuman ikkilanmaydi”, deb javob bergan Oktay tegishli savolga.
Avvalroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Tog‘li Qorabog‘da qanday shart bilan tinchlik o‘rnatilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni o‘nglashni istamaydi.
Qalinning ta’kidlashicha, Tog‘li Qorabog‘ okkupatsiya qilinishi to‘xtagandan keyingina mintaqada tinchlik o‘rnatiladi.
“Urushni kim istayotgani tushunarli. Bu Turkiya va Ozarboyjonning haqligini tasdiqladi. Qorabog‘ okkupatsiyadan ozod bo‘lsa, Janubiy Kavkazga tinchlik va barqarorlik keladi”, deb yozgan Qalin.
Bu orada Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Turkiya rahbariyatini Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni to‘xtatishda jonbozlik ko‘rsatishga chaqirgan. Bundan tashqari, Sarkisyan Turkiyani mintaqadagi jangovar harakatlarda ishtirok etishdan voz kechishga chaqirgan. Uning ta’kidlashicha, shundan keyin ixtilof tomonlari yarashuvga erishib, tinch yechimni topish uchun muzokaralar stoli atrofiga o‘tiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi