12:24 / 26.10.2020
4 432

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi taxminan qachon tugashini aytdi

Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi taxminan qachon tugashini aytdi
Foto: «TASS»
Rossiyadagi epidemiologik vaziyat 2021 yil yozida barqarorlashadi. «RBK»ning yozishicha, bu fikrni «Parlamenskaya gazeta»ga bergan intervyusida Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazining yashirin infeksiyalar mikrobiologiyasi bo‘limining sobiq rahbari, professor, virusolog Viktor Zuyev bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, kelasi yilning iyul oyida virus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning sezilarli darajada yaxshilanishini kuzatish mumkin.

«Pnevmotrop viruslar issiqlikdan qo‘rqadi. Kasallikni kamaytirishga, shuningdek, niqob rejimini kuchaytirish va emlashlar yordam beradi», — deb hisoblaydi virusolog.

Bundan tashqari, Zuyev Rossiyada koronavirusga chalinganlar sonining ortgani va virusning alomatlarsiz tashuvchilari soni ko‘payganligini, bu immunitetga ega qatlam ortishiga yordam berishini ta’kidlagan. Shuningdek, COVID-19 infeksiyasi mutatsiyaga uchrashi mumkinligini ham bildirgan.

«Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Uning keng tarqalishini hisobga olgan holda u o‘zgarishlarga uchraydi. Qaysi tomongaligini aytish qiyin. Xayol qilmaslik kerak, lekin bunga doim tayyor turish lozim. Keyinchalik hech kim kutmagan vaziyatga tushib qolgandan ko‘ra, yomon narsani gumon qilish yaxshiroq», — degan ekspert.

Avvalroq «Rospotrebnadzor» Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Gorelov Rossiyada mart oyigacha koronavirus bilan kasallanishlar soni kamayishini taxmin qilgandi.

Rossiyada jami kasallanganlar soni 1,5 millionga yaqinlashmoqda. Biroq Rossiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli qat’iy cheklovlarni joriy qilishni rejalashtirmayapti.

«Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova Rossiyada kasallanishning ortishini yilning sovuq mavsumi boshlangani bilan bog‘lagan. Shuningdek, bunga ta’sir qiluvchi omillar qatoriga fuqarolarning ta’tildan va ishga qaytganligini kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik virusolog koronavirus pandemiyasi taxminan qachon tugashini aytdi