Foto: Reuters
Sloveniya va Chexiyada koronavirus tarqalishi oldini olish uchun komendantlik soati kiritildi. Sloveniyada odamlarning harakatlanishi soat 21dan 6gacha, Chexiyada esa soat 21dan soat 5gacha cheklanadi.
Sloveniyada komendantlik soati 27 oktabrdan kuchga kiradi. Bahorda Sloveniya o‘z hududida pandemiya yakunlanganini e’lon qilgan Yevropaning birinchi davlatlaridan biri bo‘lgandi.
Sloveniyada aholi punktlari orasida harakatlanish ham ta’qiqlanadi. Boshqa hududga ishga borish kerak bo‘lgan holatlar bundan mustasno bo‘ladi. Bundan tashqari, qarindoshini parvarishlash, xorijiy elchixona va konsulxonalarga borish kerak bo‘lganda ham boshqa munitsipalitetga kirishga ruxsat beriladi. Cheklovlar bir hafta amal qiladi.
Shuningdek, 6 nafardan ko‘proq odam ishtirokidagi ommaviy tadbirlar, jumladan to‘ylar va diniy marosimlar taqiqlanadi. Karantinni sekin-asta bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Chexiyada komendantlik soati 28 oktabrdan 3 noyabrgacha amal qiladi. Bu vaqtda odamlarning erkin harakatlanishi soat 21dan 5gacha taqiqlanadi. Avvalroq Chexiyada virus tarqalishi oldini olish uchun barlar, restoranlar va aksariyat do‘konlar yopilgan edi. Biroq ta’kidlanishicha, bu kasallanish holatlarining sezilarli kamayishiga olib kelmagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Sloveniyada kasallanish holatlari 24 mingdan oshgan, 251 kishi infeksiyadan vafot etgan. Chexiyada esa 263 ming kishi virus yuqtirib olgan, ulardan 2,3 ming nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi