15:05 / 29.10.2020
2 009

Koronavirusga qarshi eng yaxshi kurashayotgan hududlardan biri

Koronavirusga qarshi eng yaxshi kurashayotgan hududlardan biri
Foto: «Citysuitesramostower.net»
Tayvan ichkarisida 200 kundan ortiq vaqt davomida koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmadi. Bunday natijaga erishishda rasmiylarga tezkor chora ko‘rish va karantinni ta’minlashda texnologiyalardan foydalanish yordam bermoqda, deb yozadi «Bloomberg» nashri.

Taxminan 20 ta holat Osiyoning boshqa hududlaridan «kelib qoldi», biroq ularning har biri nazorat ostiga olingan. Tayvan epidemiya boshlangan zahoti qat’iy choralarni joriy etdi: rasmiylar barcha aholini niqob taqishga majburladi, kasallanganlarni kuzatishda eng yangi texnologiyalardan foydalandi va yilning boshidayoq chegaralarni yopib qo‘ydi.

Natijada Tayvanda, Jons Xopkins instituti ma’lumotlariga ko‘ra, atigi 550 kishi SARS-CoV-2ni yuqtirib olgan bo‘lsa, shundan 7 nafari o‘lim bilan yakunlandi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, 23 milliondan ortiq odam yashaydigan orol, ehtimol, dunyoning barcha hududlariga qaraganda pandemiyaga qarshi yaxshiroq kurashmoqda.

Qayd etilishicha, bunga oldingi koronavirus epidemiyasi ta’sir ko‘rsatdi: 2003 yilda SARS virusi dunyoning boshqa ko‘pgina joylariga qaraganda Tayvanga kuchliroq zarba bergandi. O‘shanda bir necha yuzlab odamlar kasallikka chalinib, 70 dan ortiq bemor hayotdan ko‘z yumgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi eng yaxshi kurashayotgan hududlardan biri