13:30 / 30.10.2020
2 807

Olimlar koronavirusning yangi alomatini aniqlashdi

Olimlar koronavirusning yangi alomatini aniqlashdi
AQSHning Massachusets shtatidagi shifoxona tadqiqotchilari Xalqaro Dermatologik jamiyatlar ligasi va Amerika dermatologiya akademiyasi bilan hamkorlikda tajriba o‘tkazdilar. Ular koronavirusni o‘tkazganlar ko‘proq teri kasalliklariga duch kelishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda «Telegraph» nashri xabar bergan.

Mutaxassislar mingdan ortiq holatlarini teriga ta’sirini tekshirdilar. Ularning uchdan birida taxminan ikki hafta davomida alomatlar mavjud bo‘lgan. Bir nechta bemorlarda belgilar 60 dan 130 kungacha saqlanib turgan.

Bundan tashqari, olimlar COVID-19 Xalqaro Dermatologik reyestrida teri kasalligi alomatlari bilan kasallanganlar haqida ma’lumot topdilar. Bemorlarning taxminan yarmida oyoqlarning yallig‘lanishi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusning yangi alomatini aniqlashdi