Foto: «Consultancy.eu»
«Mercer» kompaniyasi dunyoning 39 mamlakati pensiya tizimi baholangan «Global Pension Index 2020» reytingini taqdim etdi. Reyting yetakchisi — Niderlandiya, Daniya — ikkinchi, uchinchi o‘rinda — Isroil. Bu haqda «Yevropuls» xabar berdi.
Pensiya tizimlarini baholash uchun uch guruhga ajratilgan 50 dan ortiq ko‘rsatkichlardan foydalanilgan: yetarlilik (pensiya yashash uchun yetish-yetmasligi), barqarorlik (mamlakatning demografik va iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, tizim qanchalik uzoq vaqt chidab berishi), yaxlitlik (pensiya tizimi va boshqa davlat dasturlarining o‘zaro bog‘liqligi).
Reytingga kiritilgan mamlakatlar orasida pensiya tizimi eng zaiflari — Tailand, Turkiya va Filippin. O‘zbekiston reytingda yo‘q.
Ushbu pensiya tizimlari reytingini «Mercer» xalqaro konsalting kompaniyasi Avstraliya moliyaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tuzib keladi. Asosiy maqsad — turli mamlakatlar pensiya tizimlarini xolis baholagan holda, hukumatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Bu yilgi reyting bosh mavzusi koronavirus pandemiyasining turli mamalakatlar pensiya tizimlariga ta’sirini o‘rganish bo‘ldi. Tuzuvchilarga ko‘ra, karantin nafaqat hozirgi pensionerlar, balki yaqin yillarda pensiyaga chiquvchilar ta’minotiga ham jiddiy (salbiy) ta’sirini o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi