Foto: Busurmankul Tabaldiyev
Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Orozbek Opumbayevga nisbatan 5-6 oktbyar kunlari yuz bergan tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish doirasida umumrespublika qidiruvi e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti apparati vakili Nurgazi Anarkulov ma’lum qildi.
"Gap birinchi navbatda ularning tartibsizliklar vaqtida o‘z joylarini tashlab ketishgani to‘g‘risida bormoqda", - dedi Anarkulov.
Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng Bishkekda ovoz berish natijalaridan norozi bo‘lganlar boshlagan mitinglar tartibsizliklarga aylanib ketdi. 5 oktabr kuni tartibsizliklar vaqtida ichki ishlar vaziri Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Opumbayev o‘z ish joylarini tark etishdi va ishga qaytishmadi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, Bishkekdagi tartibsizliklar davomida mingdan ortiq kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi