Foto: Reuters
AQSH prezidentligi uchun demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampni saylov natijasini hal qiluvchi muhim shtatlardan biri – Pensilvaniyada ham ortda qoldirdi.
Amerika telekanallari xabariga ko‘ra, ushbu shtatda byulletenlarning 98 foizi hisoblab chiqilgan holatda Bayden Trampdan ko‘ra 5,5 ming ovoz ko‘p jamg‘argan - 49,4 foizga 49,3 foiz. Avvaliga ushbu shtatda Tramp yaqqol yetakchilik qilib kelayotgan, so‘nggi kunda Bayden oradagi farqni qisqartirgandi.
Agar 20 delegat ovoziga ega bo‘lgan Pensilvaniya Baydenda qolsa va Trampning shu va boshqa shtatlardagi natijalarni o‘zgartirishga qaratilgan harakatlari zoye ketsa, demokratlar nomzodi AQSHning yangi prezidenti etib saylanadi.
Hozirgacha Bayden 253 delegat ovoziga ega bo‘lgan, Trampda 214taligicha qolmoqda.
Ayni vaqtda Pensilvaniyadan tashqari yana 5ta shtatda ovozlarni hisoblash davom etmoqda. Alyaska (3) va Shimoliy Karolinada (15) Tramp ustun kelishi muqarrar, Arizona (11), Nevada (6) va Jorjiyada (16) kurash qizg‘in davom etmoqda:
- Arizonada 90 foizdan ortiq ovozlar hisoblab bo‘lingan, Bayden 1,6 foiz ustunlikka ega;
- Nevadada 90 foizga yaqin ovozlar hisoblab bo‘lingan, Bayden 0,9 foiz ustunlikka ega;
- Jorjiyada 99 foiz ovozlar hisoblab bo‘lingan, Bayden bir necha yuz ovoz ko‘proq to‘plagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi