08:04 / 09.11.2020
2 424

Trampni yana bir katta yo‘qotish kutmoqda

Trampni yana bir katta yo‘qotish kutmoqda
Foto: Global Look Press/Chris Kleponis/Pool via CNP
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampning turmush o‘rtog‘i Melanya saylov natijalari e’lon qilingan zahoti siyosatchi bilan ajrashmoqchi, deb yozadi «Daily Mail».

Birinchi xonimning sobiq yordamchisi Stefani Volkoffning so‘zlariga ko‘ra, Donald va Melanyaning nikohi aslida ular o‘rtasidagi shunchaki kelishuv bo‘lgan va oila a’zolari Oq uyda alohida xonalarda yashashgan. Yana bir sobiq yordamchi Omarosa Manigolt-Nyumanning aytishicha, birinchi xonim Donaldning AQSH prezidenti lavozimini tark etishini kutyapti. Shundan so‘ng u ajrashish jarayoniga kirishadi.

«Melanya prezident o‘z lavozimini tark etadigan har bir daqiqani sanamoqda va shundan so‘ng ajrashishi mumkin. Agar Donald Oq uydaligida bo‘lganida Melanya xo‘rliklarga dosh berolmay, ketishga urinsa, uni jazolash yo‘lini topar edi», — deydi Nyuman.

Ta’kidlanishicha, Melanya Donald bilan munosabatlarini «a’lo»ga baholaydi. Shunga qaramay, nashrning yozishicha, Trampning ikkinchi xotini Marla Meyplz bilan nikoh shartnomasida uning sobiq turmush o‘rtog‘ini ommaviy axborot vositalarida tanqid qilishiga yoki tanqidiy kitoblar chop etishiga yo‘l qo‘yilmagan. Donald bilan Melanya bitimida ham shunga o‘xshash band bo‘lishi mumkin.

AQSH prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Millionlab amerikaliklar saylovdan bir necha hafta oldin ovoz berishdi yoki pochta orqali ovozlarini yuborishdi. 4 — 23 noyabr kunlari pochta orqali yuborilgan byulletenlar joylarga yetib boradi va hisob-kitob qilinadi.

AQSHda saylov natijalari 11 dekabrgacha tasdiqlanishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)