Foto: Andrew Harnik/ AP
Jozef Bayden 2021 yil yanvarida AQSH prezidentligiga kirishganidan so‘ng mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli paydo bo‘ladigan inqirozga duch keladi. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar AQSHda koronavirus nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada tarqalishidan ogohlantirishmoqda.
“Jozef Bayden hamda butun mamlakat yaqin haftalar va oylar ichida ulkan xatarga duch keladi. Bizda yaqinda bayramlar boshlanadi, odamlar to‘planishadi. Virus mamlakatning aksariyat qismida nazoratdan chiqib ketdi va bu uning yanada keng tarqalishi uchun ideal ssenariy”, – dedi AQSH kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining sobiq rahbari Tom Friden.
Bayden saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “virus tarqalishini nazorat ostiga olish”ga va’da bergandi. U shuningdek, mamlakatda niqob taqish rejimini joriy etish niyatida ekanligini aytgan.
77 yoshli Jozef Bayden 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida g‘alabaga erishdi. Bayden bungacha 1987 va 2008 yillardagi saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda