Foto: «Twitter.com»
It egalarining koronavirusni yuqtirish xavfi uy hayvoni boqmaydiganlarga qaraganda ancha yuqori, degan xulosaga kelishdi Granada universiteti va Andalusiya jamoat salomatligi maktabidagi ispan olimlari. Ularning tadqiqot natijalari «ScienceDirect» portalida e’lon qilindi.
Tadqiqot natijalari COVID-19ni yuqtirib olgan yoki uni boshidan o‘tkazgan 2086 nafar ispan o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanadi.
Buni qarangki, it bilan sayr qilish virusni yuqtirish xavfini 78 foizga oshirgani ma’lum bo‘lgan.
«Xavfning oshishiga nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmadi. Hozirgi kunda odamlarda kasallikni tashxislash uchun resurslar yetishmasligini hisobga olsak, bunday tashxisning itlarga qo‘yilishi ehtimoldan yiroq», — deya ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Kristina Sanches-Gonsales.
Mutaxassislarning fikricha, uy hayvonlari jamoat joylarida buyumlarning yuzasidagi virusni yuqtirib, COVID-19 tashuvchisiga aylanishi mumkin. Shuning uchun itlarni har safar sayr qildirib kelgandan so‘ng profilaktika maqsadida gigiyena choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi