Foto: «Depositphotos»
Germaniyaning Essen universitet klinikasi virusologiya instituti olimlari marmarak (shalfey) va perilladan tayyorlangan choy virusga qarshi kuchli ta’sirga ega bo‘lib, yangi koronavirus faolligini pasaytirishishini aniqlashdi. Bu haqda «Biorxiv» portali xabar berdi.
Tajriba chog‘ida virusologlar koronavirus yuqqan hujayralarni marmarak, perilla va kashnichdan tayyorlangan giyohli choylar bilan inkubatsiya qilishdi. Choylarni tayyorlash uchun olimlar dastlab ichimlikning qaynab chiqishini kutishdi, keyin esa 60 daraja suv haroratida ikki soat dam yedirishdi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, koronavirus ko‘payishining oldini olish uchun qisqa muddatga perilla va marmarakni qabul qilish ham kifoya — bunday natijaga hujayralarga yarim soat ishlov berilgandan so‘ng erishilgan. Shu bilan birga, davolash samarasi umumiy virusga qarshi ta’sir hisobiga erishilishi aniqlandi. Negaki, ushbu giyohlar oddiy gerpes virusiga ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishgan.
Olimlar bunday choylardan koronavirus infeksiyasining oldini olish maqsadida foydalanish mumkin degan xulosaga kelishdi. Biroq bu ma’lumot hali boshqa mutaxassislar tomonidan ham baholanishi zarur.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 56 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan. Shu paytgacha 1,3 milliondan ortiq bemor pandemiya qurboniga aylanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi