AstraZeneca pandemiya davrida vaksinadan foyda olish niyatida emasligini va uning bir dozasi uchun 4-5 dollar narx belgilashini bildirgan.
Britaniyaning AstraZeneca ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksina eng xaridorgir vaksina hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Agentlikning ma’lumot berishicha, AstraZeneca vaksinasi sotuvining 40 foizi yoki 2,4 mlrd dozasi o‘rtacha va past daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. AQSH ushbu kompaniyaning 300 mln, Yevropa mamlakatlari esa 505,3 mln doza vaksinasiga buyurtma bergan.
Qayd etilishicha, talab yuqoriligiga kompaniya vaksinasining arzonligi sabab bo‘lgan. AstraZeneca pandemiya davrida vaksinadan foyda olish niyatida emasligini va uning bir dozasi uchun 4-5 dollar narx belgilashini bildirgan. Taqqoslash uchun: Pfizer vaksinasi 19,5, Moderna vaksinasi esa 32-37 dollar atrofida bo‘ladi.
Bundan tashqari, deb yozadi agentlik, AstraZeneca vaksinasi yana bir ustunlikka ega. Uni oddiy muzlatkichda ham saqlash mumkin. Pfizer va Moderna vaksinalarini saqlash uchun esa ancha past harorat talab qilinadi. Masalan, Pfizer vaksinasi minus 70 daraja haroratda saqlanishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda