Kadr: YouTube
Pileysnberg milliy bog‘ida (JAR) pavian leopard bolasini o‘g‘irlab ketdi. Guvohlar tomonidan olingan video YouTube’dagi Kruger Sightings kanaliga joylashtirilgan.
Video muallifi – 44 yoshli Pol Vudning ta’kidlashicha, bog‘ga tashrifi davomida u pavianlar (ittumshuq maymunlar) to‘dasiga duch kelgan. U leopardning mitti bolasini quchoqlab olgan yosh maymunga e’tibor qaratgan. Avvaliga Vud leopardni o‘lik deb o‘ylagan, biroq yaxshilab kuzatganidan so‘ng bunday emasligini tushunib yetgan.
«Pavian leopard bolasiga juda qiziqib qolgani va uni o‘zi bilan olib ketish niyatida ekanligi ko‘rinib turardi. U yirtqichni qo‘liga olib, yunglarini taray boshladi. Maymun u bilan ehtiyotkorona muomala qilar va unga hech qanday zarar yetkazmaslikni xohlar edi go‘yo», — deydi erkak.
Pavianlar — Afrikada keng tarqalgan primatlar turi hisoblanadi. Ushbu hayvonlarning uzunligi 40 dan 110 santimetrgacha yetadi. Ular o‘nlab ovozli signallar yordamida o‘z to‘dalarini yirtqichlar hujumidan himoya qila oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning avgust oyida internetda Hindistonning Kendujhar shahrida maymun halok bo‘lgan bolasini bag‘riga bosganicha bir necha kundan buyon tentirab yurgani tasvirlangan video tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi