Foto: Atascadero News
Kaliforniyaning Payn tog‘i cho‘qqisida balandligi uch metrga yetadigan yana bir monument topildi, deb xabar beradi Atascadero News.
Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni AQShning Yuta shtatida hamda 26 noyabr kuni Ruminiya shimolida tashqi ko‘rinishi bilan Stenli Kubrikning «Fazoviy sayohatnoma» filmidagiga o‘xshash uchburchak monolitlar topilgani, keyinroq ular joyidan yo‘qolib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bu safargi monolit oldingilaridan farq qiladi — uning burchaklari maxsus parchinlar yordamida payvandlangan. Aftidan, ushbu parchinlar yon panellarni ichidagi po‘lat romga qotirib turadi. Hukumat hozircha ushbu obeliskning taqdiri nima kechishi haqida biror nima demagan. Monument yerga mahkamlanmagan va shu sababli nazariy jihatdan yiqilib tushib, odamlarga shikast yetkazishi mumkin.
Bundan oldingi monolitlar kabi buni ham kim va nima sababdan o‘rnatgani noma’lum. Ayrimlar Kaliforniyadagi obelisk ataylab o‘rnatilgan deb hisoblayotgan bo‘lsa, ba’zilar buni qandaydir reklama kampaniyasi demoqda. Har bir obeliskni diqqat bilan kuzatib borayotgan Reddiy foydalanuvchilari bu so‘nggi monument emasligi va jumboq tez orada yechilishiga umid bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSHdagi cho‘ldan topilgan 3 metrli sirli tarixiy monolit yo‘qolib qoldi

«O‘zga sayyoraliklar kemasi» haqidagi haqiqat oshkor etildi

Amerikada odamlar va hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib kelgan o‘zga sayyoraliklar bazasi topildi

Moskvada mast erkak 9-qavatdan yiqilib tushdi va «ziyofat»ni davom ettirish uchun yana uyiga qaytdi

Meksika osmonida parvoz qilgan o‘zga sayyoraliklar... (Video)

Braziliyada qariyb 300 kilogrammlik zumrad topildi