Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask 2020 yilning eng yaxshi biznesmeni deb topildi. Mask Fortune nashrining bu boradagi har yillik reytingida 1-o‘rinni egalladi.
“49 yoshli Mask Silikon vodiysidagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi kichik kompaniyani dunyodagi yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasiga aylantira oldi. Uning SpaceX aerokoinot kompaniyasi esa 2011 yildan beri birinchi marta amerikaliklarni orbitaga qaytardi”, deb izoh berilgan nashrda.
Nashr Maskning tadbirkor sifatidagi bosh jihati yirik global bozorlar - avtomobil, aerokoinot va texnologik bozorlarda o‘yin qoidalarini o‘zgartira olishi ekanini aytgan.
“Tesla’ning S&P 500 birja indeksiga kiritilishi Maskni dunyodagi ikkinchi raqamli eng boy odamga aylantirdi”, deb xulosa yasagan nashr o‘z qaroriga.
Fortune reytingining yetakchi beshligiga Maskdan tashqari, protsessorlar ishlab chiqaruvchi AMD kompaniyasi rahbari Liza Su, Nvidia kompaniyasi boshqaruv raisi Jensen Xuang, Netflix rahbari Rid Xastings va Fortescue Metals Group metallurgik kompaniyasi rahbari Elizabet Geyns ham kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi