Foto: Akыlbek Batыrbekov
Qirg‘iziston barcha mamlakatlar fuqarolari uchun chegaralarini ochdi. Koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar olib tashlanganligi to‘g‘risida Qirg‘iziston TIV ma’lum qildi.
«4 dekabrdan boshlab xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muntazam aviaqatnovlar orqali Qirg‘izistonga kelishlari mumkin», — deyiladi TIV xabarida.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar samolyotga chiqishda 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida koronavirusga topshirgan testi natijasini ko‘rsatishlari lozim.
Bundan tashqari, Qirg‘izistonga kelgandan so‘ng sanitar-karantin punktlari xodimlari tomonidan test natijasi tekshiriladi. Agarda parvoz davomiyligi yoki reys kechikishi tufayli test natijasi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda fuqaro yana bir marta test topshirishi shart.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 74,7 mingdan ortiq holat qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas