Vatslav Klaus
Foto: Getty Images
Chexiya sobiq prezidenti Vatslav Klaus niqobi og‘zi va burnini yopmay turgani uchun 3 ming krona (137 dollar) jarimaga tortildi, deb yozadi «RBK» Chexiya televideniyesiga tayanib.
Jurnalistlar ma’lum qilishicha, 17 noyabr kuni Praga markazida aksilkommunistik «baxmal inqilob» o‘tkazilgan kunni nishonlash chog‘ida Klaus niqobini iyagiga tushirib olgan. Politsiyachilar buni payqab qolgan va sobiq prezidentdan niqobni to‘g‘ri taqishni talab qilgan, ammo u bundan bosh tortgan. Shunda uni politsiya bo‘linmasiga olib ketishgan va qoidabuzarlik haqida protokol tuzishgan.
Xuddi shunday jarimalar Chexiya sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula va ANO partiyasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Yaroslav Faltinikka nisbatan ham qo‘llanilgan edi.
Noyabrda Chexiya har 100 ming aholiga COVID-19’dan o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyo bo‘yicha yetakchi mamlakatga aylangan edi. Ammo qat’iy cheklov choralari tufayli kasallanish darajasi pasaydi. Chexiya SSV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 59 mingta faol holat qayd etilgan. Shularning 4 mingdan ziyodi kasalxonaga yotqizilgan. Butun pandemiya davrida mamlakatda kasallanganlar soni esa 546 ming nafardan oshadi, 8902 kishi vafot etgan.
3 dekabrdan mamlakat hukumati cheklovlarni yumshatdi. Hozir mamlakatda do‘konlar va restoranlar ishlamoqda, ammo mijozlar soni cheklangan. Shuningdek, komendantlik soati ham bekor qilindi va ommaviy sport tadbirlarining cheklangan sondagi ishtirokchilar bilan o‘tkazilishiga ruxsat berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi