2 433
Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi grippga qaraganda 30 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi
Foto: «TASS»
Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi gripp virusining mutatsiyaga uchrash moyilligidan 30 marta kam ekanligi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti kafedra mudiri Vitaliy Zverev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».
Uning so‘zlariga ko‘ra, mutatsiya koronavirusning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirmaydi. Koronavirusning o‘zgaruvchanligi qizamiqnikiga qaraganda biroz yuqori ekanigi ham ma’lum bo‘lgan.
Olimning xabar berishicha, koronavirusning aniqlangan ikkita mutatsiyasi uning tarkibidagi oqsillar tarkibining o‘zgarmasligini ko‘rsatgan.
Shu bilan birga, Zverev koronavirusning boshqa bir muammosini qayd etgan — u rekombinatsiya bo‘lishga va boshqa viruslar bilan o‘zaro aloqaga kirishishga moyil.
Zverevning ishonch bildirishicha, bu infeksiyadan 2021 yilda paydo bo‘ladigan davolovchi dorilar yordamida qutulish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi