2 590
AQSHda prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishni 17ta shtat qo‘llab-quvvatlamoqda
Foto: AP
AQSHda noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi yuzasidan Texas shtatidan oliy sudga berilgan da’vo arizasini qo‘llab-quvvatlovchi shtatlar soni tobora ko‘paymoqda.
Ayni vaqtda ushbu da’vo arizasini respublikachilar tomonidan boshqariluvchi 17ta shtat - Missuri, Alabama, Arkanzas, Florida, Indiana, Kanzas, Luiziana, Missisipi, Montana, Nebraska, Shimoliy va Janubiy Dakota, Janubiy Karolina, Tennessi, Yuta, Oklaxoma va G‘arbiy Virginiya vakillari qo‘llab-quvvatlamoqda. Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu shtatlar da’vo arizasiga qo‘shilmay, faqatgina uni qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Texas bosh prokurori Ken Pekston AQSH oliy sudiga “tebranuvchi” 4ta shtat - Jorjiya, Michigan, Pensilvaniya va Viskonsinda saylovlar natijalarini haqiqiy deb tan olmaslik iltimosi bilan murojaat qilgan. Ushbu masala bo‘yicha hali qaror chiqarilmagan.
Gap shundaki, ushbu 4ta shtatda saylovlar arafasida saylov qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Pekstonning fikricha, qonunga o‘zgartirishlar noqonuniy bo‘lgan va demokrat Jo Baydenga ushbu shtatlarda ovoz berish vaqtida ustunlikka ega bo‘lishga imkon bergan.
3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. AQSHning yirik OAVlari saylovlarda Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. Amaldagi prezident Donald Tramp raqibining g‘alabasini tan olmayapti, biroq shu bilan birga unga hokimiyatni topshirishi yuzasidan kelishib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi