
O‘z vaznidan deyarli uch barobar og‘irlikdagi shtanga bilan mashq bajaradigan kanadalik qiz «dunyodagi eng kuchli qiz» deb topildi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.
Ottavalik yetti yoshli Rori van Ulft yaqinda 30 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 11 va 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida AQSHning eng yosh chempioni bo‘ldi.
U og‘ir atletika bilan shug‘ullanishni besh yoshida boshlagan va mashg‘ulotlarga haftasiga to‘rt soatdan vaqt sarflagan. Shuningdek, Roni van Ulft gimnastikani yaxshi ko‘radi va gimnastika mashg‘ulotlariga haftasiga to‘qqiz soat vaqt ajratadi.
«Rori nafaqat hozirgi kundagi, balki tarixdagi yetti yoshli bolalar orasida ham eng kuchlisidir. Bunday deyishga yetarli dalillar mavjud», deydi uning otasi Kavan van Ulft. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar