09:35 / 13.12.2020
2 776

Rossiyada mashinalar uchun 60 metr chuqurlikda yerosti tunneli qurilmoqda

Rossiyada mashinalar uchun 60 metr chuqurlikda yerosti tunneli qurilmoqda
Foto: Samaradigg / Urbex
Internetda Ufa shahrida 60 metr chuqurlikda yerosti tunneli qurilayotgani tasvirlangan suratlar tarqaldi. Noodatiy yo‘l bog‘lamasini yaratish ustidagi ishlar 13 yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklangani aytilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Tunnel Ufa markazida, 60 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uni qurish ishlari 1992 yilda boshlangan. Uzunligi 1245 metrga teng tunnel M-5 «Ural» va M-7 «Volga» trassalarini birlashtirib, transport yuklamasini yengillashtirish uchun xizmat qiladigan «Sharqiy yo‘l» loyihasining bir qismiga aylanishi kerak.

Foto: Samaradigg / Urbex
Tunnelni qazish vaqtida quruvchilar jiddiy muammolarga duch kelgan. Mutaxassislar inshoot yaqinidan daryo oqib o‘tgani, bu esa tuproqni yumshatib yuborib, uning barqarorligiga ta’sir ko‘rsatganini aniqlagan. Bundan tashqari, yerosti shahar kommunikatsiyalari ham qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan. Shu sababli ish tezligi oyiga 20 metrga yaqinni tashkil etgan.

2007 yilda tunnelni yaratish ishlari to‘xtatilgan, bunga moliyalashtirishning yetarlicha emasligi ham sabab bo‘lgan.

Foto: Samaradigg / Urbex
Oradan 13 yil o‘tgach, loyiha qayta tushirilib, qurilish ishlari xorij pudratchisiga topshirilgan. Qurilish ishlari 2023 yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Asosiy tunneldan tashqari, yangilangan muhandislik loyihasi parallel joylashadigan yana ikkita yerosti magistralini qurishni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Farer orollarida arxipelagning ikkita yirik orolini bog‘lovchi Estroyartunnlinn tunneli qurilishining asosiy bosqichi yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur tunnelning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z ichiga Atlantika okeani tubida qurilgan dunyodagi birinchi aylanma yo‘l shaklidagi bog‘lanmani olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada mashinalar uchun 60 metr chuqurlikda yerosti tunneli qurilmoqda