Foto: «Yusupovs.com»
Olimlar ketogen parhez koronavirus bilan kasallanish xavfini kamaytirishi, mabodo yuqtirib olgan taqdirda ham, kasallikning og‘ir kechishidan himoya qilishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Times of India» xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taomnomada uglevodning oz miqdorda bo‘lishi organizmda yog‘ bilan birga «yomon» xolesterinni ham kamaytiradi, shuningdek, qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bunday parhez qon plazmasidagi keton tanachalari darajasini ko‘paytiradi. Ular organizmdagi oksidlovchi stressni nazorat qiladi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, olimlarning fikricha, ketogen parhez T-limfotsitlar retseptorlarini tashiydigan hamda immunomodulyatsion va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega hujayralar tarqalishiga yordam beradi.
«Ushbu parhez adaptiv immun hujayralarining faoliyatini yaxshilashi va COVID-19 bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirishi mumkin», — deyiladi tadqiqotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi