18:10 / 18.12.2020
2 091

Putin Yangi yilga 7 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning ota-onalariga 5 ming rubllik to‘lovni va’da qildi

Putin Yangi yilga 7 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning ota-onalariga 5 ming rubllik to‘lovni va’da qildi
Foto: «Openmedia.io»
Rossiyada yetti yoshgacha bo‘lgan hamma bolalarning ota-onalari Yangi yilga davlat tomonidan beriladigan bir martalik to‘lovni olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Prezident tegishli farmonni imzolagan. Unda aytilishicha, bunday to‘lovni bahorda olganlarga pul avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi, qo‘shimcha arizalar yozish kerak bo‘lmaydi. Qolganlar esa to‘lovni olish uchun 1 aprelgacha murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Putin to‘lovlar haqida e’lon qilgan matbuot anjumanida u yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar haqida gapirdi. Prezident farmonida esa gap «RF fuqaroligiga ega bo‘lgan sakkiz yoshgacha bolalar» haqida borayotganligi aytiladi. «Davlat xizmatlari: ota-onalar uchun» Telegram kanalida aniqlik kiritilishicha, 2012 yil 18 dekabrdan 2021 yil 3 mart oralig‘ida tug‘ilgan bolalari bor oilalarga ularning har biri uchun bir martalik to‘lov beriladi. Agar bola 2020 yil 18 dekabrdan 2021 yil 31 mart oralig‘ida sakkiz yoshga to‘lsa, u uchun ham shunday to‘lov nazarda tutiladi.

«Davlat xizmatlari» saytida bir martalik to‘lov uchun ariza berish mumkin bo‘lgan sahifa paydo bo‘ldi.

Bahorda Putin 14 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning ota-onalariga har bir bola uchun 10 ming rubl miqdoridagi bir martalik to‘lov ajratishni buyurgan edi. Bu ko‘p odamlarning o‘z ishidan ajralishiga sabab bo‘lgan lokdaun sharoitidagi yordam deb atalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Yangi yilga 7 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning ota-onalariga 5 ming rubllik to‘lovni va’da qildi