Foto: «LIGA.net»
Rossiya Federatsiyasi — Amerika Qo‘shma Shtatlarining dushmanlari ro‘yxatida mavjud. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Mark Levinning radioshousidagi intervyusida shunday bayonot berdi.
Pompeo aytishicha, «AQSHning dushmani kim» deb undan ko‘p so‘rashadi. Amerikacha hayot tarzi, «bizning respublika», uning demokratik tamoyillarini kunpayakun qilishni istovchilar ko‘p. Bu ro‘yxatda Rossiya ham bor» — Pompeodan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti».
Yaqinda uyushtirilgan kiberhujumlar ortida Rossiyaning qo‘li borligi haqida OAVda xabarlar tarqaganini ham Pompeo eslab o‘tdi.
Amerikalik siyosatchi Rossiya rahbariyatini «ozodlikni sevuvchilar uchun real xavf» deya ta’rifladi. Pompeo qo‘shimcha qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonidan xavfni istisno qilmagan holda, shaxsan o‘zi Xitoyni AQSH uchun muhimroq, «ekzistensial» xavf uyg‘otuvchi sanaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada koronavirusga qarshi kurashda chegaralarni yopish samara bermay qo‘yganligi aytildi

Pompeo AQSHdagi saylovlarni “tomosha” deb atagan Eron oliy yetakchisini tanqid qildi

Qodirov pulemyotli fotosurati bilan Pompeoga javob qaytardi

Rossiya Afg‘onistondagi AQSH harbiylarining o‘ldirilishi uchun mukofot belgilagani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada koronavirusga qarshi 47 ta vaksina ishlab chiqilmoqda

Rossiyaning “Proton-M” raketasi Zabaykale o‘lkasi hududiga qulab tushdi